Superliga. Penaltidan kiritilgan gol evaziga, "Surxon" Bekoboddan uch ochko bilan qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

O'zbekiston Superligasi 14-turi doirasidagi uchrashuvlar bugun davom ettirildi. Qiziqarli kechishi kutilgan bahslardan biri Bekobodda bo'lib o'tdi. Unda mahalliy "metallurg" klubi o'z maydonida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yindagi yagona gol 90+2 daqiqada Nikita Pavlenko tomonidan kiritildi.
"Metallurg" – "Surxon" – 0:1
Gol: Nikita Pavlenko (90+2, penalti)
"Metallurg": 1. Akmal Tursunboev, 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Ruslan Roziev (90. Abdurahmon Abdulhaqov, 85), 8. Salamat Quttiboev (48. Dilshod Rahmatullaev, 46), 15. Zohid Abdullaev (10. Shahzodbek Nurmatov, 85), 22. Shahzodbek G'ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 30. Ibrohim Ibragimov, 55. Akbar Ismatullaev (s), 80. Farrux Ibrohimov, 98. Damir Temirov.
“Surxon”: 12. R.Nortojiev, 2. M.To'ychiboev, 4. J.Sohibov, 5. J.Yoqubov, 6. A.Salimov, 9. N.Norov (7.I.Toshpo'latov, 64), 14. J.Xolto'raev, 19. N.Hasanov, 20. X.G'ofurov, 77. A.G'afurov (s), 80. N.Pavlenko.

Bosh sahifaga
241