So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020. O'n beshinchi kungi natijalarimiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144
Yaponiyadagi olimpiada yakunlanishiga bir kun vaqt qoldi. Musobaqaning o'n beshinchi kunida ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilar natijalari bilan tanishtirib o'tamiz.
Kanoe. Juftlik. Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova yarim finalda o'z ishtiroklarini tugatishdi va B finalda 3-o'rinni egallagan holda umumiy hisobda 11-pog'onani band etishdi.
Badiiy gimnastika. Jamoaviy bahslar. Kseniya Aleksandrova, Kamola Irnazarova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoeva va Nilufar Shomurodova umumiy ro'yxatda 9-o'rinni egallab finalga chiqa olishmadi.
Zamonaviy beshkurash. Aleksandr Savkin yakunda 32-pog'ona bilan kifoyalandi.
Engil atletika. Balandlikka sakrash. Safina Sadullaeva finalda munosib ishtirok etdi. 196 metrni zabt etdi. Lekin 198 metrga sakray olmadi va medalsiz qoldi. U Tokio-2020 olimpiadasida 6-o'rinni egalladi.