«PSV» Dyumfris uchun qancha talab qilyapti?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Yakuniga etgan Evropa chempionatida o'zini ko'rsatgan «PSV»ning qanot himoyachisi Denzel Dyumfris ikki grand klub qiziqishlari doirasiga tushgan.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, 25 yoshli gollandiyalik futbolchining transferiga «Inter» va «Everton» qiziqish bildirmoqda.
«PSV» agar futbolchi uchun 20 million evro to'lay olsa, niderlandlar Denzel bilan xayrlashishga tayyor ekanliklarini aytdi.
O'tgan mavsumda Dyumfris «PSV» klubi tarkibida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277