"Napoli" "Chelsi" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Football Italia nashri xabariga ko'ra, "Napoli" "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayokoni sotib olishga umid qilmoqda.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumni neapolliklar bilan o'tkazdi. Italiya klubi "aristokratlar" frantsuz futbolchisini yana bir mavsum ijaraga berishini kutmoqda. "Napoli" bilan birgalikda Bakayokoga "Milan" va "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda, biroq ular faqat 27 yoshli frantsuzni ijaraga olishga tayyor. "Chelsi" esa shartnomasi kelasi yil iyun oyida tugaydigan futbolchini sotmoqchi. Taxminiy narxi - 20 million evro.
Bakayoko 2017 yilda London klubiga ko'chib o'tgan, ammo jamoada o'z o'rnini topa olmagan.
U oxirgi uch mavsumni ijara asosida "Milan", "Monako" va "Napoli"da o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349