Gvardiola barcha xabarlarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"ning sobiq sardori Lionel Messini yozda sotib olishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq, "shaharliklar" argentinalik futbolchining maoshi uchun puli yo'qligi haqida xabar berilgandi. Ispaniyalik murabbiy buni tasdiqladi.
"Biz Grilish uchun pul sarfladik. Jek o'ninchi raqam ostida o'ynaydi, chunki biz unga ishonamiz. Hamma Leoni "Barsa"da qoladi deb o'ylagan. Hozir biz Messini sotib olish haqida o'ylamayapmiz", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, Messi 2008-2012 yillarda "Barselona"da Gvardiola qo'l ostida o'ynagan va shu vaqt ichida to'rtta marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265