"Atalanta" futbolchisi "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

«Atalanta» yarim himoyachisi Yosip Ilichich «Milan»ga o'tishga yaqin turibdi.
«Rossonerilar» sloveniyalik futbolchi bilan o'zaro shartnoma borasida kelishib oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Martsio.
Hozircha «Milan» bergamoliklar bilan shartnoma shartlarini kelisha olmagan. Ularning strategiyasi - transfer oynasi yakunlanishini oxirigacha kutish. Shundagina milanliklar o'zlari xohlagan summaga Ilichichni sotib olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchining "transfermarkt" portali 6 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265