So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Eriksen maydonga qachon qaytishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102
"Inter" va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen maydonga qaytish sanasini ma'lum qildi.
"Men to'rt yoki besh oydan keyin o'ynay boshlayman. Hozir ancha yaxshiman", - deya
Eriksenning so'zlarini keltiradi "Corriere dello Sport" nashri. 29 yoshli futbolchi yaqinda "Inter"ga qaytdi. U Daniya shifokorlari nazorati ostida tiklanish kursidan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 12 -iyun kuni Evro -2020 doirasidagi Daniya - Finlyandiya uchrashuvining birinchi bo'limi oxirida (0: 1) Eriksen maysazorga yiqildi va o'rnidan turolmadi. Sportchiga 15 daqiqada maydonda shoshilinch yordam ko'rsatildi, so'ng uni kasalxonaga olib ketishdi. Keyinroq futbolchining yuragi to'xtab qolgani ma'lum bo'ldi. Kristianga kardioverter-defibrilator o'rnatildi.