"PSJ" rahbariyati bu habarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Kecha, "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirmagan hujumchi Lionel Messi "PSJ" ga o'tmaydi.
Marca xabariga ko'ra, hozir parijliklar uchun ustuvor vazifa kelasi yozda klubni bepul tark etishi mumkin bo'lgan Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirishdir.
Qolaversa, "PSJ" argentinalikning moliyaviy talablari yuqori bo'lgani uchun Messi bilan shartnoma imzolanishi qiyin bo'ladi. Buning uchun jamoadagi boshqa futbolchilarning maoshini kamaytirishga to'g'ri keladi.
Avvalroq, Parij klubi Messi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi. Biroq, "PSJ" rahbariyati ushbu xabarni rad etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343