"Tottenxem" yaponiyalik futbolchi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Londonning "Tottenxem" hali ham "Bolonya" bilan yaponiyalik futbolchi Takexiro Tomiyasu borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, osiyolik transferi shu haftada ikki klub o'rtasida muhokama qilindi.
Avvalroq, italiyaliklar Tomiyasu uchun "shporlar"dan 25 million evro atrofida mablag' so'ragandi. Biroq, ushbu summa London klubi uchun biroz qimmatlik qilgan.
Telegraf nashri xabariga ko'ra, "Tottenxem" Takexiro uchun 20 million to'lamoqchi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yaponiyalik futbolchi Italiya A Seriyasida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
406