Tokio-2020: Delegatsiyamiz tarkibida nega o'zgarish ro'y berdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida delegatsiyamiz tarkibida o'zgarish ro'y bermoqda.
Badiiy gimnastika bo'yicha yakkalik dasturida ishtirok etishi ko'zda tutilgan Sabina Tashkenbaeva o'rniga Ekaterina Fetisova Olimpiadada qatnashadi.
Afsuski, hozirda yanada avj olayotgan koronavirus Sabina Tashkenbaevani ham chetlab o'tmadi va gimnastikachimiz Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Tashkenbaeva kvalifikatsion Jahon kubogi bosqichlari orqali mazkur Olimpiadaga yo'llanma olgan edi.
Qoidaga ko'ra, O'zbekiston gimnastika federatsiyasi Xalqaro gimnastika federatsiyasiga bu haqida ma'lum qildi. Tashkilot bunday vaziyatda litsenzion o'rinda Tashkenbaevadan keyingi o'rinda turgan gimnastikachiga Tokio-2020 litsenziyasi berilishini ta'kidladi.
Ushbu pog'onadagi koreyalik sportchi ayni paytda yaxshi sport formasida emasligi uchun Olimpiadada ishtirok etolmasligi oydinlashdi.
Litsenzion reytingda undan keyingi pog'onani boshqa bir vakilimiz Ekaterina Fetisova egallagan. Fetisova yuqori sport formasida turgani uchun Tashkenbaevaning o'rnini egallaydigan bo'ldi.
Shu tariqa, ertaga bo'lib o'tadigan yakkalik bellashuvlarining saralash dasturida Ekaterina Fetisova yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Manba: @OlympicUz
Bosh sahifaga
421