Tokio-2020. O'zbekistonlik sportchilarning 13-kundagi natijalari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar 5 avgust kungi chiqishlarini yakunlashdi. Natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.
Engil atletika. Balandlikka sakrash. Svetlana Radzivil saralash bahslarida o'z ishtirokini tugatdi (190 sm.)
Safina Sadullaeva esa 1.95 metr balandlikka sakrab, 7 avgust kungi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Erkin kurash. 86 kg. Javrail Shapiev Stefan Rixmutni 5:2 hisobida engdi. Ammo bronza uchun rossiyalik Artur Nayfonovga yutqazib qo'ydi.
57 kg. G'ulomjon Abdullaev bronza medal uchun yurishini birinchi bellashuvning o'zida to'xtatishga majbur bo'ldi — 1:11.
74 kg. Bekzod Abdurahmonov ilk bosqichda 10:0 hisobida Franklin Gomesni mag'lub etdi. Ammo ikkinchi bahsda rossiyalik jahon chempioni Zaur Sidakovga mag'lub bo'ldi. Sidakov finalga chiqib, Bekzodga ertangi bronza uchun bahsga yo'l ochib berdi.
Zamonaviy beshkurash: Alise Faxrutdinova hamda Aleksandr Savkin bugun dastlabki yo'nalish bo'lmish qilichbozlik bo'yicha bahslar o'tkazishdi. Faxrutdinova 22-pog'ona, Savkin esa 36-pog'onani band etib turishibti. Ertaga boshqa turlarda davom ettirishadi.
Ko'pkurash. Ekaterina Voronina o'z ishtirokini 12-o'rin bilan tugatdi. U to'plagan 6298 ochko medallar uchun etarli bo'lmadi.

Bosh sahifaga
416