Ronaldu "Barselona" qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, 36 yoshli Krishtianu Ronaldu "keksa sinora"ning to'liq tarkibi bilan bir necha kundan buyon to'liq mashg'ulot o'tkazmoqda. Shunga asoslanib, u har yili mavsum oldidan Kataloniyada bo'lib o'tadigan turnirda o'ynaydi, deb taxmin qilishmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, hujumchi yozgi ta'tildan keyin hali optimal jismoniy holatga ega bo'lmaganligi sababli, 90 daqiqaning hammasini maydonda o'tkazishi dargumon.
Eslatib o'tamiz, "Joan Gamper" kubogi doirasidagi "Barselona" va "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuv 8 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353