So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020. Balandlikka sakrash. Sa'dullaeva finalga chiqdi, Radzivil esa...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126
Yaponiyadagi yozgi olimpiya o'yinlarida bugun engil atletikaning balandlikka sakrash turida ikki nafar hayurtimiz saralash bahslarida ishtirok etishdi.
Faoliyati davomida to'rtinchi olimpiadada ishtirok etayotgan Svetlana Radzivil saralash bahslarida biroz og'irroq harakat qildi. U 182 va 186 sm. balandliklarni bir urinishda zabt etgan bo'lsa, 190 sm.dan esa uchinchi urinishda sakrab o'tdi. Biroq 193 sm. balandlikni hamyurtimiz 3ta urinishda ham zabt eta olmadi. Vaholanki, Radzivilning shaxsiy rekordi 197 sm bo'lib, u mazkur natijada joriy qilda qayd etgan edi.
Final yo'llanmasi uchun norma 195 etib belgilangani uchun 34 yoshli Svetlana saralashdayoq o'z ishtirokini yakunladi.
23 yoshli Safina Sa'dullaeva esa o'z guruhida 2-o'rinni band etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Sirdaryolik qizimiz 186, 190 va 193 sm. balandliklardan ilk urinishdayoq o'tib ketgan bo'lsa, u 195 sm.ni ikkinchi urinishda zabt etdi.
Shu tariqa, Sa'dullaeva finalda ishtirok etadigan 14 nafar atlet safidan o'rin oldi. Final esa 7 avgust sanasiga belgilangan.