Tokio-2020. Ko'pkurash. Voronina uzunlikka sakrashda 11-o'rinni egalladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Yozgi olimpiya o'yinlarida engil atletikaning ettikurash turida ishtirok etayotgan sportchilar bugun tongda beshinchi yo'nalish — uzunlikka sakrashda o'z omadlarini sinab ko'rishdi.
Hamyurtimiz Ekaterina Voroninaning 3ta urinishdagi eng yaxshi natijasi 6,11 metrni tashkil qildi. Vaholanki, uning bu yo'nalishdagi shaxsiy rekordi 6,27 metr bo'lib, mazkur natijani hamyurtimiz joriy mavsumda qayd etgandi. Ekaterina bugungi natijasi uchun 883 ballga ega bo'ldi.
Uning 5ta ishtirok bo'yicha umumiy ballari 4471ga etdi va 19-o'ringa ko'tarilib oldi. Voronina 4ta yo'nalishdan so'ng 20-pog'onada qolayotgandi.
Ko'pkurashchi ayollar bugun nayza uloqtirish (09:40) va 800 metrga yugurish (17:20) mashqlarini bajarib, o'z ishtiroklarini yakunlashadi.

Bosh sahifaga
363