Tokio-2020. Erkin kurashchilarimiz bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining saralash bosqichlarida ishtirok etgan erkin
kurashchilarimiz G'ulomjon Abdullaev (-57 kg) va Javrail Shapiev (-86 kg) imkoniyatni boy berishgan edi. Ertaga ular bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldilar.
Boisi hamyurtlarimizni mag'lub etgan kurashchilar Zaur Uguev (-57 kg) va Hasan Yazdani (-86 kg) finalga yo'l olishdi. Bu borada vakillarimiz dastlab o'tish bosqichidagi raqiblarini mag'lub etishi kerak. Demak, ertaga vakillarimizning o'tish bosqichidagi va uni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirlarida bronza medali uchun kurashadigan raqiblari quyidagicha:
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev / Tomas Gilman (AQSh) – Rizo Atri (Eron);
-86 kg: Javrail Shapiev / Stefan Reyxmus (Shveytsariya) – Artur Nayfonov (ROQ).
Shuningdek, ertaga -74 kg vazn toifasida yana bir vakilimiz Bekzod Abdurahmonov ham o'z ishtirokini boshlaydi. Unga birinchi davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes raqiblik qiladi.

Bosh sahifaga
418