Hakim Ziesh "Chelsi"ni tark etish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Chelsi"ning marokashlik futbolchisi Hakim Ziesh jamoa murabbiyi Tomas Tuxelning yangi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, "Milan" Ziesh xizmatlariga qiziqmoqda. London klubi uni sotib olish imkoniyati bilan uni ikki mavsumga ijaraga berishga tayyor. Futbolchining o'zi ham Italiyada o'ynashga qarshi emas.
"Chelsi" Ziesh bilan 2020 yilning yozida shartnoma imzoladi. U o'tgan mavsum 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199