So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Oltin medal sohibi yaqinlariga Prezident tabrigi etkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani hokimi Jo'rabek Axmedov Turizm va sport vazirligi vakillari hamrohligida Olimpiada o'yinlari rekordini yangilab, oltin medalni qo'lga kiritgan sportchimiz Akbar Jo'raevning uyiga borib, uning onasi va yaqinlariga O'zbekiston Prezidenti tabrigini etkazdi.
“Eng avvalo sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar, ularga ko'rsatilayotgan rag'bat uchun
yurtboshimizga katta rahmat deymiz. O'g'limning g'alabasi shularning sportni rivojlantirish yo'lidagi birgalikdagi mehnati samarasidir”, - deydi chempionning onasi Hafiza Normetova.
Uning so'zlariga ko'ra, Akbar Jo'raev akasining izidan borib, tosh ko'tarishga qiziqqan.
“Akbarning dadasi rahmatli bilan o'g'limizga “Albatta, bir kun kelib Olimpiya chempioni bo'lasan, O'zbekiston bayrog'ini ko'kka ko'tarasan” deya niyat qilardik. O'zi ham havas qilib, “Ruslan Nuritdinovdek Olimpiya chempioni bo'laman” deya orzu qilardi. Mana shu kunlar ham keldi, quvonchimiz cheksiz, albatta. O'g'lim g'alaba qozonishi bilan qo'ng'iroq qilib xursandchiligi bilan bo'lishdi. Tani joni sog' bo'lib, doim yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib yurishiga tilakdoshman”, - qo'shimcha qildi Hafiza Normetova.
Eslatib o'tamiz, 3-avgust kuni hamyurtimiz Akbar Jo'raev Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida O'zbekistonga ikkinchi oltin medalni keltirdi. Akbar Jo'raev 109 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar bahsida ishtirok etdi. U dastlab - 227 kg, so'ngra 237 kg shtanga ko'tarib, umumiy 430 kg natijani qayd etdi va Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Bundan avval Prezident matbuot kotibi sahifasida 3-avgust kuni o'tayotgan selektor yig'ilishi davomida davlat rahbariga Tokiodagi g'alaba haqida ma'lum qilingani va bu yangilik quvonch bilan kutib olingani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati