Erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev (-57 kg) Tokio-2020 Olimpiadasida chorak final bahsini o'tkazdi.
Unga mazkur bosqichda so'nggi 2 jahon chempionatining g'olibi rossiyalik Zaur Uguev raqiblik qildi.
Dastlab Abdullaev hisobda ortda qolayotgan edi. Keyin tarozini o'z pallasiga og'dira oldi. Bir necha soniya qolganida rossiyalik polvon hisobni tenglashtirib, so'nggi ballni qo'lga kiritgani evaziga g'alabani ilib ketdi.
Endi Uguev finalga borgan taqdirda Abdullaev bronza medali uchun kurashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!