Tokio-2020. Kanoechi qizlarimiz ham chorak final bahsini o'tkazishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Kanoeda eshkak eshish bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilalarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova chorak final bahsini o'tkazishdi.
200 metr masofaga kechgan bellashuvda dastlab Nilufar Zokirova startga chiqdi. Vakilamiz o'z guruhida 48.995 soniya natija bilan oltinchi bo'lib marraga etib keldi. Ikkinchi guruhda Dilnoza Rahmatova 46.645 soniya ko'rsatdi.
Afsuski, bu natija ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan rossiyalik sportchidan 0.008 soniya pastroq natija bo'ldi va Rahmatova ham yarim finalga yo'l ololmadi. Reglamentga ko'ra, chorak finalda o'z guruhlaridan eng yaxshi natija qayd etgan ikki nafardan sportchi keyingi davrada ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223