Tokio-2020. Kanoechi qizlarimiz saralash bahslarida ishtirok etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Tokio olimpiadasining navbatdagi kuni boshlandi.
Kanoechilarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova ham Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini boshlashdi. Vakillarimiz dastlab 200 metrga yakkalik bahslarida saralash dasturida ishtirok etishdi.
Zokirova 1-saralash guruhida ishtirok etib, 49.686 soniya natija bilan marraga oltinchi bo'lib etib keldi.
4-saralash guruhida ishtirok etgan Rahmatova esa 47.716 soniya natija bilan finishga beshinchi bo'lib etib keldi.
Reglamentga ko'ra, guruhlarda dastlabki 2ta o'rinni egallagan sportchilar to'g'ridan-to'g'ri yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Qolgan atletlar esa qo'shimcha start orqali keyingi bosqichga chiqishga urinishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194