So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020. O'n birinchi kungi natijalarimiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
Yozgi olimpiya o'yinlarining o'n birinchi kuni alamli mag'lubiyatlar bilan boshlangan bo'lsa-da, kun yakuni bizga oltin medalni taqdim etdi. 3 avgust kuni musobaqalarda ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilar natijalari bilan tanishtirib o'tamiz.
Engil atletika. Uch xatlab sakrash. Ruslan Kurbanov hech bir urinishida kerakli masofani qayd etolmay musobaqa bilan xayrlashdi.
Boks. 52 kg. Shahobiddin Zoirov chorakfinalda filippinlik Karlo Paalam bilan jangning ikkinchi raundda Zoirovning qoshi yorildi. Ikki bo'lim natijalariga ko'ra g'alaba Paalamga taqdim etildi — 4:0.
63 kg. Elnur Abduraimov esa yarimfinal yo'llanmasi uchun armanistonlik Ovanes Bachkov bilan jang qildi va ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchradi — 0:5.
Ayollar. 60 kg. Rayxona Qodirova braziliyalik Beatris Yasminga qarshi yaxshi kurash olib bordi. Biroq Beatrisning zarbalari aniqroq deb topildi va Qodirova yurishini to'xtatdi — 0:5.
Yunon-rum kurashi. 87 kg. Rustam Assakalov birinchi bahsda g'alaba qozondi. Ikkinchisida xorvatiyalik Ivan Xuklekka yutqazdi va Olimpiada medalisiz qoldi.
Og'ir atletika. 109 kg. Akbar Jo'raev dast ko'tarishda 193 kilo tosh bilan ikkinchi o'rinni egallagandi, siltab ko'tarishda esa armanistonlik Simon Martirosyanni kerakli farq bilan ortda qoldira oldi ham Tokio-2020 chempionligini qo'lga kiritdi. U siltab ko'tarish (237 kg.) va umumiy natijalar (430 kg.) bo'yicha olimpiada rekordini o'rnatdi.