So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tokio-2020. Ikkinchi oltin! Akbar Jo'raev — olimpiada chempioni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109
Yaponiyadagi yozgi olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi ikkinchi oltin medalni qo'lga kiritdi. Og'ir atletikaning 109 kg. vazn toifasidagi sportchimiz Akbar Jo'raev olimpiya o'yinlari chempionligini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz dast ko'tarish mashqida 193 kg. tosh ko'tarib, ikkinchi o'rinni egalladi. Uning asosiy raqibi Simon Martirosyan esa 195 kg. bilan 1-o'rinni egalladi.
Akbar siltab ko'tarish mashqida ilk urinishda 227 kg.ni o'ziga bo'ysundirib, kamida kumush medalni naqd qilib qo'ydi ham armanistonlik atlet bilan taktik kurashga kirishdi.
Jo'raev ikkinchi urinishda 234 kg.ga buyurtma berdi, ammo uni ko'tarishda xatoga yo'l qo'ydi. Vatandoshimizda so'nggi urinish qolgani bois, murabbiylar buyurtmani 237 kiloga o'zgatirishdi. Akbar Jo'raev uni muvaffaqiyatli ko'tardi va olimpiada rekordini o'rnatdi.
Simon esa ham olimpiya rekordini yangilash, ham oltin medalni qo'lga kiritish uchun 238 kg.ga buyurtma berdi. Ammo arman sportchisi qolgan ikki urinishida ham bu og'irlikni ko'tara olmadi. Taktik kurashda o'zbekistonlik murabbiylar raqibni engishdi.
Natijada, Akbar Jo'raev o'z vazn toifasida chempionlik unvoniga sazovor bo'ldi. Martirosyan esa bu safar ham kumush bilan cheklanmoqda (Rio-2016da u Ruslan Nuriddinovdan ortda qolgandi.
Og'ir atletika, erkaklar, 109 kg.
1. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) — 193 + 237 (OR) = 430 kg. (OR)
2. Simon Martirosyan (Armaniston) — 195 + 228 = 423 kg.
3. Artur Plesnieks (Latviya) — 180 + 230 = 410 kg.
4. Timur Naniev (Rossiya) — 188 + 221 = 409 kg.
5. Xristo Xristov (Bolgariya) — 189 + 219 = 408 kg.
6. Yun Seong Jin (J.Koreya) — 180 + 220 = 400 kg.