Afsonaviy Zlatan qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

«Milan»ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jarohatidan forig' bo'lib yaqin orada safga qaytadi, deya xabar beradi La Gazetta dello Sport.
Manbaga ko'ra, hujumchi kelasi hafta boshidan jamoaning qolgan a'zolari bilan mashg'ulotlarni davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli shved oxirgi marta 9 may kuni A Seriyaning «Yuventus»ga qarshi bahsida «rossonerilar» tarkibida ishtirok etgan edi. Iyun oyida u artroskopik jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Ibrahimovich «Milan» safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200