Tokio-2020. Yunon-rum kurashchimizdan g'alaba. Assakalov keyingi bosqichda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

Yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarini g'alaba bilan boshladi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimizga gruziyalik kurashchi raqiblik qildi.
2019 yil -82 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Lasha Gobadzega qarshi kechgan bellashuvda Assakalov hisobda orqada qolayotganiga qaramay o'zida iroda namoyish eta oldi va yakunda g'alabani ilib ketdi.
Endi u keyingi davrani Xorvatiya va AQSh vakillari o'rtasidagi bahs g'olibiga qarshi o'tkazadi.
Manba: @OlympicUzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184