Shomurodov «Roma»da nechanchi raqamda o'ynaydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243

Kecha oqshom "Roma" bilan shartnoma imzolagan Eldor Shomurodov yangi jamoasida 14-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
So'nggi paytda ushbu raqamda Gonsalo Vilyar to'p tepgandi, ammo u 8-raqamni olganidan so'ng "14" bo'shab qolgandi.
O'zbekistonlik futbolchi bilan shartoma imzolash jarayoni Portugaliyada bo'lib o'tdi. Eldor 1 avgust kuni tibbiy ko'rikdan o'tib, kecha Portugaliyaga etib kelgan edi. Shomurodov bugun Joze Mourino boshchiligidagi jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" 26 yoshli futbolchini "Jenoa"dan 17,5 million evroga sotib oldi. Jamoa transfer summasining 1,5 million evrosini mazkur yozda to'lab bersa, qolgan summa kelasi yillarda to'lanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196