Ronaldino murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldino kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Men faxriylar o'yinlarida ishtirok etyapman. Do'stlar bilan ko'rishib turish uchun bunday imkoniyatdan foydalanyapman.
Futbol – hayotimning bir bo'lagi va shunday bo'lib qoladi. Futbolchilik faoliyatim yaxshi o'tdi, hozir esa futbol zavq olyapman.
O'zimni murabbiylik vazifasida tasavvur qila olmayman. Chunki futbolni diqqat bilan kuzatmaganman. Men qisqa videosharhlarni, gollarni tomosha qilishni yaxshi ko'raman, ammo to'liq 90 daqiqa o'yin tomosha qilmayman", – dedi Ronaldino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215