Frantsiya superkubogi uchun bahsda isroilliklar Ashraf Hakimiyga hushtakbozlik qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimiy «Lill»ga qarshi bo'lib o'tgan Frantsiya superkubogi uchun bahsda (0:1) noqulay ahvolga tushdi.
Uchrashuv Isroilning Tel-Aviv shahrida bo'lib o'tdi. Marokashlik futbolchi har safar to'pga teginganida muxlislar unga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
Ma'lumki, Ashraf musulmon sifatida Falastinni qo'llab-quvvatlab keladi. Futbolchi may oyida Tvitterga #FreePalestine («Falastinga ozodlik») xeshtegi ostida surat joylagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196