Tokio-2020. Yunon-rum kurashi. Tasmurodov va Abdulllaev bronza medal uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'lmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Yaponiyadagi olimpiadada bugundan yunon-rum kurashi bo'yicha bahslarga start berildi. Ertalabki dasturda Elmurod Tasmurodov (60 kg.) birinchi bosqichdayoq, Mo'minjon Abdullaev (130 kg.) esa chorak finalda imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.
Ularni raqib etgan raqiblar finalgacha etib borishsa, hamyurtlarimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritishar edi. Ammo ukrainalik Lenur Temirov va chililik Akosta Fernandes yarim finalda o'z raqiblariga yutqazishdi.
Shu bois, Tasmurodov va Abdullaev uchun Tokio-2020 olimpiadasini medallarsiz yakunlaydigan bo'lishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194