Tokio-2020. Jalolovning raqibi aniqlangan jangdan mojaro yuz berdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Tokio-2020 olimpiadasining boks musobaqasida navbatdagi mojaro yuz berdi.
Boksning eng og'ir toifasida frantsiyalik bokschi Murad Aliev va britaniyalik Freyzer Klark chorak final bosqichida to'qnash kelishdi.
Ikkinchi raundda Klarkning yuzidan qon oqa boshladi va unga ikki marta tibbiy yordam ko'rsatildi. Hakam esa dastlab Muraddan bir ochkoni olib tashladi va jangni to'xtatdi. Bu vaziyatda referi frantsiyalik sportchini ataylab bosh bilan zarba berganlikda aybladi. Natijada asli Moskvada tug'ilgan sportchi diskvalifikatsiya qilindi.
Aliev esa bu qarorga nisbatan keskin norozilik bildirdi. Norozilik sifatida u yarim soatda davomida ringni tark etmasdan, o'sha joyda o'tirdi.
Klark esa yarim finalda o'zbekistonlik Bahodir Jalolov bilan to'qnash keladi. Bellashuv 4 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
169