Mbappe va Ramos Frantsiya Superkubogida maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe va himoyachi Serxio Ramos "Lill ga qarshi Frantsiya Superkubogini o'tkazib yuboradi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar berdi. Mbappe hozircha o'yinga tayyor emas, chunki u yaqinda mashg'ulotlarni boshladi. Ramosda esa jarohat bor.
Anxel Di Mariya, Neymar va Markinos ham parijliklarga keyingi o'yinda yordam berishmaydi.
Ularning barchasi o'z terma jamoalari bilan Amerika Kubogida o'ynaganidan keyin qo'shimcha dam olishdi. Shu bilan birga, Jorjino Veynaldum va Ashraf Hakimi "PSJ" tarkibida debyut qilishi mumkin. Futbolchilar bo'lajak o'yinga ro'yxatiga kiritilgan.
"PSJ" - "Lill" uchrashuvi bugun, 1 avgust kuni bo'lib o'tadi. Boshlanishi - Toshkent vaqti bilan 22:00. Uchrashuv Isroilda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
182