O'rtoqlik o'yini. Jiru «Milan» safidagi debyut golini urdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Italiyaning «Milan» va Frantsiyaning «Nitstsa» klublari o'zaro o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi.
Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi taymda «Nitstsa» vakillari raqib darvozasini birinchi bo'lib ishg'ol qilishdi. «Milan»ning yangi hujumchisi Olive Jiru 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi hamda oradan 5 daqiqa o'tib hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi — 1:1.
"Rossoneri" mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 23 avgust kuni «Sampdoriya»ga qarshi o'tkazadi.
Nazorat o'yini
Nitstsa Frantsiya – Milan Italiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 59, penalti Guiri, 1:1 – 66 Jiru.
Nitstsa – Benites, Todibo, Dante (Danilyuk, 73), Atal (Lotomba, 72), Kamara, Da Kunya (Lemina, 73), Rosario (Smith, 80), Klyuyvert (Maolida, 46), Tyuram, Ndoye, Guiri (Amraoui, 85).
Milan – Menyan (Teterushanu, 46), Kalabriya (Gabbiya, 46), Romanoli (Kaldara, 70), Tomori (Konti, 71), Ernandes (Ballo-Ture, 61), Krunich, Salemakers (Kastilexo, 61), Pobega (Maldini, 61), Tonali (Di Djezu, 87), Braim Dias (Rebich, 71), Rafael Leau (Jiru, 61).
Ogohlantirishlar: Tonali (21), Klyuyvert (29), Ernandes (31), Kastilexo (83).

Bosh sahifaga
185