Tokio-2020. Boks. Bahodir Jalolov yarim finalga yo'l olib, Olimpiada medalini naqd qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Delegatsiyamiz Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining boks dasturida dastlabki medalini naqd qilib qo'ydi. Bu medalni Bahodir Jalolov jamoamiz hisobiga keltirmoqda.
Hindistonlik Satish Kumarga qarshi kechgan jangda Jalolov yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Hakamlarning baholari — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27).
Bilasiz, boks bellashuvlarida yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchi bronza medali bilan taqdirlanadi. Biroq biz Jalolovdan oltin medal kutamiz, albatta!
Endi Jalolov final yo'llanmasi uchun buyuk britaniyalik Freyzer Klark bilan jang qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166