«Andijon» bir qancha futbolchilar bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Superliganing «Andijon» klubi besh nafar futbolchilar bilan shartnomani imzoladi va bir qator o'yinchilarni ijaraga oldi. Bu haqda Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Andijon» Viktor Kumikov (bosh murabbiy) va quyidagi futbolchilar bilan 2021 yilning yakuniga qadar shartnoma imzoladi:
Asilbek Omonov (Rubin);
Eldor Adhamov (Qo'qon-1912);
Sardorbek Xursanov (Turon);
Azamat Isroilov (Buxoro);
Abdurahmon Komilov.
Quyidagi futbolchilar esa 2021 yil yakuniga qadar klub safida ijara asosida to'p suradi:
Xurshidbek Ubaydullaev (Bunyodkor);
Sherzod G'ulomjonov (Navbahor);
Vladislav Vasilev (Energetik-BGU);
Vasiliy Sovpel (Energetik-BGU);
Pavel Zabelin (Shaxtyor S).
Mazkur futbolchilar «Andijon» klubi bilan shartnomani bekor qildi:
Kemran Najafaliev;
Kamron Saidazimov;
Sunnatillo Hamidjonov;
Jasurbek Jaloliddinov;
Muhammad Isaev;
Doniyor Ismoilov;
Jasur Umurzoqov;
Martin Boake.

Bosh sahifaga
185