«Atalanta» yangi transferni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

«Atalanta» «Verona» himoyachisi Matteo Lovato bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Bergamo klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. Futbolchi bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekilgan.
Oldinroq «Milan» va «Yuventus» 21 yoshli Lovatoga da'vo qilishgan edi. «Verona» bu transfer uchun 20 million evro talab qilgan. «Atalanta» futbolchi uchun qancha pul to'lagani hozircha oshkor qilinmadi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Lovato «Verona» safida 24 ta o'yin o'tkazdi va gol urishning uddasidan chiqa olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190