Bu yil “Bunyodkor-W” Osiyo chempionatida ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Iordaniya poytaxti Ammanda joriy yilning 7-12 noyabr kunlari ilk ayollar klublari o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Unda 4 ta ishtirokchi jamoa g'oliblik uchun bahs olib boradi. Musobaqada “Amman FK” (Iordaniya), “Shahrdari Sirjan” (Eron), “Gokulam Kerala FK” (Hindiston) bilan bir qatorda O'zbekistonning amaldagi chempioni “Bunyodkor-W” ishtirok etadi.
Mazkur musobaqa G'arbiy Osiyo jamoalari o'rtasida birinchi marta tashkil etilmoqda. Sharq mintaqasida esa mezbon masalasi hal etilmagan.
Qayd etish joiz, OFK joriy yildan e'tiboran ayollar jamoalarini rivojlantirish masalasiga juda jiddiy ahamiyat bermoqda. Xususan, bu yil ilk bora ayollar jamoalari ham sinov tariqasida litsenziyalashdan o'tkazilmoqda va O'zbekiston kam sonli a'zo mamlakatlar qatorida ayollar klublarini ham litsenziyalash jarayoniga jalb etdi. 2022 yildan e'tiboran mazkur jarayon barcha qolgan a'zo davlatlarda ham majburan tatbiq etiladi. 2023 yildan boshlab esa ayollar jamoalari o'rtasida to'laqonli Osiyo Chempionlar ligasi tashkil qilinadi va unda faqat litsenziya olgan klublargina ishtirok etadi.
Ayollar klublari o'rtasidagi Osiyo chempionati
Amman (Iordaniya)
7-12-noyabr.
“Amman FK” (Iordaniya)
“Shahrdari Sirjan” (Eron)
“Gokulam Kerala FK” (Hindiston)
“Bunyodkor-W” (O'zbekiston)

Bosh sahifaga
146