Ederson klubi bilan shartnomani uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

«Manchester Siti» klubi darvozaboni Ederson jamoasi bilan shartnomani uzaytiradi. «The Athletic» xabariga ko'ra, braziliyalik posbon bilan amaldagi bitim 2025 yilda yakuniga etishi ko'zda tutilgan. Ammo klub bu muddatni 2027-2028 yillargacha uzaytirmoqchi.
Ederson 2017 yilda «Benfika»dan sotib olingandan beri uch marta mamlakat chempionligiga erishdi. 27 yoshli darvozabon o'tgan mavsumda «Oltin qo'lqop» sovriniga ega chiqqan. Chunki uning hisobida eng ko'p, 19 ta quruq o'yin bor edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239