Tokio-2020. Dzyudo. O'zbekiston terma jamoasi g'alabani qo'ldan chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

O'zbekiston dzyudochilari bugun jamoaviy aralash musobaqasida ishtirok etishdi. Ilk bosqichda vakillarimizga Niderlandiya terma jamoasi raqiblik qildi.
Dastlab Oltiboev o'ziga yaxshi tanish bo'lgan Xenk Grolni mag'lub etib, hisobni ochdi. Keldiyora raqibasiga yutqazgan bo'lsa, To'raev va Matniyozovalarning g'alabasidan so'ng O'zbekiston 3:1 hisobida oldinga o'tib olgandi. Bir g'alaba bizni keyingi bosqichga olib chiqar edi. Ammo Tokio olimpiadasi bironza medali sohibi Bobonov hamda Farangiz Hojieva yutqazib qo'yishdi.
Qo'shimcha jang uchun qur'a tashlandi. Unda Oltiboevning vazni tushdi. Bekmurod bu safar "Golden Score"da Xenk Grolni mag'lub bo'ldi.
Shu tariqa, o'zbekistonlik dzyudochilar uchun olimpiada yakuniga etdi.
Dzyudo. Jamoaviy aralash, nimchorak final
O'zbekiston - Niderlandiya - 3:4
+90 kg: Bekmurod Oltiboev – Xenk Grol - 1:0 (ippon)
-57 kg: Diyora Keldiyorova – Sanne Verxagen - 0:1 (ippon)
-73 kg: Hikmatilloh To'raev – Tornike Tsyakadoea - 1:0 (ippon)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sanne van Diyke - 1:0 (ippon)
-90 kg: Davlat Bobonov – Noel van Tend - 0:1 (ippon)
+70 kg: Farangiz Hojieva – Guse Stinxaus - 0:1 (ippon)
+90 kg: Bekmurod Oltiboev – Xenk Grol - 0:1 (ippon, Golden Score)

Bosh sahifaga
187