Tokio-2020. Boks. Shahobiddin Zoirov chorak finalda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Bokschimiz Shahobiddin Zoirov Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining navbatdagi kun bellashuvlarini g'alaba bilan boshlab berdi. Vakilimiz Kabo-Verde vakilini mag'lub etib, chempionlikni himoya qilish yo'lida muhim qadam tashladi.
Nimchorak final bosqichi doirasidan o'rin olgan mazkur bellashuv Varela Danielga qarshi o'tdi. Shubhasiz, tajriba va mahorat bobida ancha ustun bo'lgan Zoirov bahsni o'z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo'ldi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:26).
Shu tariqa, vakilimiz chorak finalga yo'l olmoqda. Yarim final uchun kechadigan bellashuvda bokschimizga Filippin vakili Karlo Palam raqiblik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192