Belottiga Rossiya chempionidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

«Torino» va Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini «Zenit»da davom ettirishi mumkin.
Turli manbalarga ko'ra Rossiya chempioni Turin klubi xo'jayinlari bilan allaqachon kelishib olgan. «Ko'k-oq-ko'klar» ushbu transferga 30 million evro to'lashga tayyor.
Endi qaror Andreaning o'ziga bog'liq. Yoki u «Torino» bilan kelasi yili tugaydigan shartnomasini yangilaydi yoki Sankt -Peterburg safariga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Belotti Italiya safida yozda Evropa chempionligini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265