Tokio-2020. Ettinchi kungi natijalarimiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Tokio-2020 olimpiadasining oltinchi kuni o'zbekistonlik sportchilar uchun yakuniga etdi. Sportchilarimizning bugungi natijalari bilan tanishtirib o'tamiz.
Boks. 69 kg. Bobousmon Baturov chorakfinal jangida britaniyalik Pet Makkormak bilan ringga chiqdi va ochkolar bo'yicha 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Ayollar. 60 kg. Rayxona Qodirova turnirda yaxshi start oldi. Kongolik Naomi Yumbani bokschimiz 5:0 hisobida engdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Dzyudo. +100 kg. Bekmurod Oltiboev turnirni ikki g'alaba bilan boshlab chorakfinalga chiqdi. Lekin ketidan ikki bellashuvni boy berib medallarga erisha olmadi.
Engil atletika. Uch xatlab sakrash. Roksana Xudoyorova uch urinish natijasiga ko'ra 14-pog'onani band etib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
Suzish. 50 metr, erkin. Natalya Krititina 26.93 sekund vaqt bilan so'nggi natija egasiga aylandi va kurashni to'xtatdi.

Bosh sahifaga
277