Natalya Kritinina uchun Tokio-2020 yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili Natalya Kritinina Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz saralash bosqichidayoq musobaqadan chiqib ketmoqda.
50 metrga suzish dasturida ishtirok etgan Kritinina 26.93 soniya natija qayd etdi. Bu oltinchi saralash guruhi vakillari orasidagi eng past ko'rsatkich. Qolgan guruhlardagi 16 nafar ishtirokchi allaqachon ushbu ko'rsatkichni yaxshilab bo'ldi. Shunday ekan, vakilamiz yarim finalga yo'l ololmadi va ushbu nuqtada ishtirokini yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302