Virjil van Deyk barcha muxlislarga minnatdorchilik xabarini yo'lladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

«Liverpul» klubi himoyachisi Virjil van Deyk kecha Avstriyada «Gerta»ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgandan so'ng, muxlislarga xabar yubordi. Gollandiyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati sabab 9 oy mobaynida davolandi. U o'z xabarida shunday deydi:
«285 kunlik og'ir damlardan so'ng men yana o'yinga qaytdim. Hozir his qilayotganlarimni so'z bilan ayta olmayman. Biroq barchani qo'llab-quvvatlashlaridan so'ng, o'zimni baxtiyor sezdim. Men bugun o'z yordamini ayamagan jarroh- shifokorlar, murabbiylar, jamoadoshlarimga cheksiz minnatdorligimni bldirmoqchiman. Bundan keyin faqat olg'a harakat qilamiz va shunday davom etamiz. Muxlislarsiz esa biz hechkimmiz».
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199