«Real» Benzemaga qancha muddatli shartnoma taklif etdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Ispan matbuoti xabariga ko'ra, Karim Benzema klub bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytiradi. Endi frantsuzning Madrid jamoasi bilan kelishuviga ko'ra unda yana bir mavsum qolmoqda.
«Real» 33 yoshli futbolchiga to'liq ishonch bildiradi. Shu bilan birga, madridliklar bu kabi shartnomalarni faxriylarga nisbatan kamdan kam taklif etadi. Biroq Peresning o'zi Karimga bo'lgan ishonchini hali beri yo'qotmasligini bildirgan.
Ma'lumot uchun, klub bundan oldin Karvaxal, Modrich, Lukas Vaskes va Nacho bilan ham yangi shartnomalar imzolagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204