Shomurodov «Roma»ga o'tsa, maoshi hozirgiga nisbatan ko'proq bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov ijara asosida "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi. Ma'lumotlarga qaraganda, "bo'rilar" 26 yoshli futbolchiga 2 million evro miqdorida yillik maosh to'lashadi.
Rimliklar bir yillik ijara uchun «Jenoa»ga 2,5 million evro to'lashadi. Ijara shartnomasida "Roma" Shomurodovni kelasi yilning yozida sotib olish sharti yoziladi. Agar jamoa EChL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, o'zbekistonlik futbolchini 15 million evroga sotib olish majburiyati Rim shahri klubiga yuklanadi.
Eldor Italiya A seriyasining yakunlangan mavsumida 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va bitta assist muallifiga aylandi. Uning genuyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236