Arsen Venger murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

«Arsenal» sobiq ustozi Arsen Venger Shveytsariya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda «Blick» nashri o'z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Shveytsariya futbol ittifoqi Vladimir Petkovich ketganidan keyin bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Venger ham mazkur ro'yxatdan joy olgan.
Mutaxassis 3 yildan beri murabbiylik faoliyatini olib bormayapti. Ayni paytda frantsuz mutaxassisi FIFAda jahon futbolini rivojlantirish bo'yicha direktor sifatida ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, Vengerning oxirgi ish joyi Londonning «Arsenal» jamoasi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225