Mbappe o'zining kelajakdagi maqsadini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubidagi o'z maqsadini ochiqladi.
«Mening asosiy orzum - «PSJ» bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqish. Bunga erishsam albatta ajoyib bo'lardi.
Ammo shu bilan birga yana bir marta jahon chempionligini qo'lga kiritsam chakki bo'lmas edi. Uni esa albatta klubdagi yorqin o'yinlar evaziga amalga oshirish mumkin», - deydi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, Kilian atrofida uning «Real»ga o'tishi borasidagi turli gap-so'zlar aylanmoqda. Aytishlaricha, frantsuz klubi bilan yangi shartnoma tuzish taklifidan bosh tortgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213