Tokio-2020. Oltinchi kungi natijalarimiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Tokio-2020 olimpiadasining oltinchi kuni o'zbekistonlik sportchilar uchun yakuniga etdi. Sportchilarimizning bugungi natijalari bilan tanishtirib o'tamiz.
— Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzaev va Sobir Safaraliev juftligi umumiy ro'yxatda 16-o'rinni qo'lga kiritishdi.
— Dzyudo. 100 kg. Muhammadkarim Hurramov ikkinchi bosqichga chiqdi va u erda yaponiyalik Aaron Volfga yutqazib qo'ydi.
— Boks. Og'ir toifa. Terma jamoamiz etakchisi Bahodir Jalolov yaxshi start oldi. Jalolov Ozarbayjonlik Abdullaev ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
75 kg. Fanat Qahramonov ushbu toifaning eng kuchli vakillaridan biri qozog'istonlik Abilxan bilan jang qildi. Fanat birinchi raundda ustunlik qildi, ammo keyingi ikkitasida Abilxan tempni oshirib g'alabani tortib oldi.
Ayollar. 51 kg. Tursunoy Rahimova ikkinchi jangini turkiyalik Naz bilan o'tkazdi. Rahimova yaxshi va aktiv jang qildi. Biroq hakamlarning ochkoli kartalarida Naz 3:2 hisobida g'olib chiqqani qayd etildi.

Bosh sahifaga
267