De Paulning «Atletiko» haqida fikrlari qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Yaqindagina «Atletiko» safiga kelib qo'shilgan Rodrigo de Paul yangi klubi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Futbolchi jamoa lagerida uni qanday kutib olishganliklari haqida ham gapirib o'tdi.
«Atletiko» - katta klub. Bu erda ishlaydigan odamlarga qachonki minnatdorchilik bildirganingizda, o'zingizni klub oilasining bir qismi sifatida his qilasiz.
Men shunday katta klubda o'ynashni orzu qilardim. Endi esa «Atletiko»da yangi tarix yaratishga yordam bermoqchiman.
Jamoadoshlarim meni yaxshi kutib olishdi va endi tezroq moslashib olishga va yangi talablarga ko'nikishga harakat qilaman.
«Atletiko» dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biriga ega. Simeonening unvonlari u haqida gapirib beradi. Men undan ko'p narsani o'rganishim mumkin. Diego ancha kuchli motivator inson”, - deydi De Paul.

Bosh sahifaga
247