Demiralga A Seriyaning o'zidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

«Atalanta» «Yuventus» markaziy himoyachisi Merix Demiral transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar beradi.
Qayd etilishicha, Demiralning transferiga shaxsan «Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini qiziqish bildirgan. U Bergamo rahbariyatidan ushbu bitimni tezroq hal etilishini so'ragan.
O'z navbatida «Yuventus» 35-40 million evro miqdoridagi tovon puli evaziga Demiralni «Atalanta» yoki boshqa jamoaga qo'yib yuborishga tayyor ekanligini bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232