Tokio-2020. Bahodir Jalolovga qaysi bokschi raqib bo'lishi taxmin qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

«Laboratoriya boksa» Youtube-kanali Tokio-2020 olimpiadasining boks musobaqasida eng og'ir vaznda Bahodir Jalolovni favorit sifatida e'tirof etdi hamda unga kim raqiblik qilishi mumkinligini taxmin qildi.
"Jalolov — o'z vazn toifasida yaqqol favorit. Avvalgi jahon chempionatlarida u o'zining barcha raqiblarini enggan. Bu vaznda qozog'istonlik kuchli bokschi Qamshibek Qo'nqabaev bor, ammo Bahodir uni ham mag'lub etgan. Jalolov AQShlik Richard Torresni ham taslim etgan.
Jalolovga qarshilik qilishi mumkin bo'lgan yagona sportchi — kubalik atlet. U hali hech kimga tanish bo'lmagan 20 yoshli — Dayner Pero. U qora tulpor", — deydi kanal muallifi.
Ma'lumot o'rnida. Bahodir Jalolov finalgacha etib borsa, qozog'istonlik yoki kubalik bokschi bilan oltin medal uchun bahslashishi mumkin.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
242